Umumiy
Zulfiyaxonim tavallud topgan kun.
03 Mar, 2026
19 ko'rildi
1 – mart xalqimizning sevimli shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun.
Har doim Zulfiyaxonim yurtimizga o‘zi bilan bahorni boshlab kiradi. Olam yangilanadi, atrof go‘zallikka, nafosatga to‘ladi. Xuddi shoira qalblarga she’riyati, dostonlari bilan yorug‘lik, ezgulik olib kirgan kabi.
Xuddi shu kun munosabati bilan Urgut tuman axborot-kutubxona markazida tumandagi 89-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi kitobxonlari bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi. Tadbirda kitobxonlar Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bag'ishlangan she‘rlar, kuy va qo'shiqlar bilan barchani xushnud qildi.