Umumiy

“Milliy liboslar kuni” munosabati bilan g‘azalxonlik kechasi tashkil etildi

02 Mar, 2026 13 ko'rildi

Milliy liboslar — xalqimizning ma’naviy merosi, urf-odatlari, qadriyatlari hamda milliy madaniyatini mujassam etgan bebaho boylikdir. Ular ajdodlarimizning didi, estetik qarashlari va hayot tarzini o‘zida aks ettiradi.
Har juma kuni o‘tkaziladigan “Milliy liboslar kuni” munosabati bilan Urgut tuman axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar ishtirokida milliy liboslar asosida g‘azalxonlik kechasi tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar atlas va adras liboslarda sahnaga chiqib, mumtoz adabiyotimiz namunalari bilan ishtirok etdilar.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga muhabbat va boy madaniy merosimizga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.