Umumiy

“Eng faol kitobxonlar” nomli fotogalereya tashkil etildi

26 Feb, 2026 26 ko'rildi

“Eng faol kitobxonlar”

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlikni targ‘ib etish va yoshlarning mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Eng faol kitobxonlar” nomli fotogalereya tashkil etildi.
Mazkur fotogalereyada markazning eng faol, tashabbuskor hamda yil davomida eng ko‘p kitob mutolaa qilgan kitobxonlarining suratlari o‘rin oldi.
Fotogalereya kitobxonlarni yanada faol bo‘lishga, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi. Bunday e’tirof yoshlar qalbida kitobga mehr uyg‘otib, ularni bilim olish va o‘z ustida ishlashga ruhlantiradi.