“Eng faol kitobxon” ko‘rik- tanlovi tashkil etildi - 25.02.2026
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarori ijrosini ta'minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2026-yil 30-yanvardagi 06/1-525-son topshirig‘iga asosan oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda “Kitobxon onalar” loyihasini amalga oshirish orqali kitobxon oilalar sonini ko'paytirish maqsadida O‘zbekiston ta‘lim va fan xodimlari kasaba uyushma kengashi bilan hamkorlikda Urgut tuman axborot-kutubxona markazida “Eng faol kitobxon” ko‘rik- tanlovi tashkil etildi.
Ishtirokchilar diktant yozish ,test va savol-javob asosida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.Tuman bosqichida birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinni olgan va faol qatnashgan ishtirokchilar Axborot-kutubxona markazi hamda tarmoq kasaba uyushmasi tuman kengashi mablag‘lari hisobidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tanlovda 1-o‘rinni 121-maktab o‘qituvchisi Nigina Sobirjonova egallab ,viloyat bosqichiga yo'llanmani qo‘lga kiritdi.