Umumiy
Alisher Navoiy tavalludi
09 Feb, 2025
23 ko'rildi
9-fevral buyuk bobokalonimiz shoir, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun.
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida kutubxona xodimlari kitobxonlar bilan she'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan “G'azal mulkining sultoni” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan Alisher Navoiy ijodidan g‘azallar va ruboiylar hamda hazrat Navoiyning hayoti va ijodidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.