Umumiy

“Qiziqarli kutubxonada” nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya - 123-maktab

26 Feb, 2026 24 ko'rildi

Ekskursiya
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida tumandagi 123-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Qiziqarli kutubxonada” nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.
Ekskursiya davomida o‘quvchilarga kutubxonada yaratilgan zamonaviy sharoitlar, boy kitob fondi, o‘quv zallari hamda kitobxonlar uchun qulay imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar, elektron katalog va ma’lumotlar bazalari, raqamli xizmatlar hamda onlayn resurslardan foydalanish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, axborot-resurslardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.