Umumiy

“Moviy jomadon” loyihasi asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbir

26 Feb, 2026 24 ko'rildi

 Tumandagi MMTB tasarrufidagi 16-maktabgacha ta’lim muassasasida “Moviy jomadon” loyihasi asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik kelishuvi amalga oshirildi.

 Mazkur loyiha doirasida jajji qalblarda kitobga mehr uyg‘otish, ularning tafakkurini boyitish va ma’naviy olamini kengaytirish maqsadida ko‘chma kutubxona tashkil etildi. Endilikda “Moviy jomadon” bolajonlar uchun bilim va ertaklar xazinasi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ko‘chma kutubxona fondidan yoshga mos ertaklar, bolalar adabiyoti namunalari, rang-barang kitoblar o‘rin olgan.  Ushbu tashabbus yosh avlodni kitobsevarlik ruhida tarbiyalash, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi. “Moviy jomadon” loyihasi orqali ma’naviyatga eltuvchi yo‘l – kitob bilan yanada mustahkam bog‘lanmoqda.