ILM NURI QALBLARNI BIRLASHTIRDI!
#bibliografiya_xizmati
#bibliografik_sharh
#MUHOKAMA_YAKUNI: ILM NURI QALBLARNI BIRLASHTIRDI!
Bugun Odil Yoqubovning o‘lmas asari — "Ulug‘bek xazinasi" romani yuzasidan "Kitobsevarlar klubi" aʼzolari bilan birgalikda o‘tkazilgan onlayn va oflayn muhokama chinakam ma’rifat bayramiga aylandi.
Kunning eng faol ishtirokchilari:
Oflayn tarzda: SamDU Urgut filiali O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs talabasi To‘ychiyeva Durdona — markazimizga tashrif buyurib, asarning badiiy tili va tarixiy haqiqati bo‘yicha o‘zining teran fikrlari bilan barchani qoyil qoldirdi.
Onlayn tarzda: Faol kitobxonimiz Mamatova Gulchehra — masofadan turib asardagi obrazlar ruhiyatini mohirona ochib berdi va muhokamaga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Minnatdorchilik: Bugungi tadbirda ishtirok etgan, o‘z fikrlarini bildirgan barcha faol kitobxonlarimizga va jarayonni diqqat bilan kuzatib borgan aziz tinglovchilarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz!
M. Safoyeva