Umumiy

“Eng faol kitobxon” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi

19 Feb, 2026 56 ko'rildi

ENG FAOL KITOBXON
Urgut tumani axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2026-yil 30-yanvardagi 06/1-525-son topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, oila va  xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish hamda kitobxon oilalar safini yanada kengaytirishga qaratilgan muhim tashabbus amalga oshirildi.
Mazkur topshiriq asosida tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi kasaba uyushma kengashi bilan hamkorlikda “Eng faol kitobxon” ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir doirasida, ayniqsa, “Kitobxon onalar” loyihasi doirasida ishtirokchilarning mutolaa madaniyati, o‘qigan asarlarini tahlil qilish qobiliyati, kitobxonlikni targ‘ib etishdagi faolligi hamda oilada ma’naviy muhitni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlari yuksak baholandi.
Tadbir yakunida eng faol va tashabbuskor kitobxonlar munosib taqdirlanib, ularga esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar topshirildi.