Umumiy

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi hamda qadriyatim.uz elektron platformasining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

13 Feb, 2026 15 ko'rildi

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi hamda qadriyatim.uz elektron platformasining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda markaz xodimlari, ziyolilar, o‘qituvchilar, yosh kitobxonlar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar. Taqdimot davomida “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomining mazmun-mohiyati, unda jamlangan boy ilmiy-tahliliy ma’lumotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, mazkur nashr 8 ta yo‘nalishni o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda O‘zbekistonning barcha hududlaridan to‘plangan milliy qadriyatlar, moddiy va nomoddiy madaniy meros namunalari keng yoritilgan.
Kitob-albom o‘zbek, ingliz va rus tillarida tayyorlangan bo‘lib, bu uning xalqaro miqyosda ham ahamiyatini oshiradi. Nashrni tayyorlash jarayonida 1,7 mingdan ortiq matn, 3 mingdan ziyod surat, 300 dan ortiq milliy qo‘shiq hamda 2 mingga yaqin video va audiolardan foydalanilgan.