Umumiy

Urgutda Kitobxonlik Soati: Kichik Tadqiqotchilar Uchun Yangi Olam!

13 Feb, 2026 15 ko'rildi

Urgutda Kitobxonlik Soati: Kichik Tadqiqotchilar Uchun Yangi Olam!

Kuni kecha Urgut tuman Axborot-kutubxona markazi Bibliografiya boʻlimi xizmat rahbari M  Safoyeva tomonidan 3-unumiy oʻrta taʼlim maktabining 3-sinf o‘quvchilari uchun maxsus bibliografik sharh tashkil etildi.


Bolajonlarga dunyoqarashni kengaytiruvchi quyidagi durdona nashrlar tanishtirildi:
 "Bolalar uchun jonivorlar ensiklopediyasi" – tabiat sirlari va hayvonot dunyosining moʻjizalari haqida rangli sayohat.
 "Kichkintoy ensiklopediyasi" – "Nima? Qayerda? Qachon?" savollariga eng sodda va qiziqarli javoblar toʻplami.
 "Men dunyoni anglayman" – koinotdan tortib tarixgacha boʻlgan eng muhim bilimlarni oʻz ichiga olgan intellektual qoʻllanma.
Kutubxonamiz yosh kitobxonlarni nafaqat mutolaaga chorlaydi, balki ularga toʻgʻri kitob tanlashda yoʻl koʻrsatadi!

Bilim — kuchda, kitob esa bilim manbaidir!