Umumiy

“Men ham kitob o‘qishni xoxlayman” - ko'chma tadbir

11 Feb, 2026 21 ko'rildi

KO‘CHMA TADBIR

 “Men ham kitob o‘qishni xoxlayman” 

Urgut tuman axborot-kutubxona markazi hamda 2-maktabgacha ta‘lim tashkiloti xodimlari tomonidan jajji kitobxonlar ishtirokida “Men ham kitob o‘qishni xoxlayman ” mavzusida qiziqarli va mazmunli suhbat tashkil etildi. 

Suhbat davomida bolalarga kitob o‘qishning ahamiyati, bilim olish va dunyoqarashni kengaytirishda kitobning o‘rni haqida tushunchalar berildi. 

Jajji kitobxonlar o‘zlari sevib eshitgan ertak va hikoyalari haqida fikr almashib, faol ishtirok etdilar. 

Suhbat bolalarda kitobga bo‘lgan mehrni oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga xizmat qildi.