Umumiy

“Alisher Navoiy o‘z zamonasining buyuk shaxsi, bugungi kunning esa beqiyos siymosi” mavzusida 49-maktab kitobxonlari bilan hamkorlikda madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

10 Feb, 2026 32 ko'rildi

Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning 585 yilligiga bag‘ishlab “Alisher Navoiy o‘z zamonasining buyuk shaxsi, bugungi kunning esa beqiyos siymosi” mavzusida 49-maktab kitobxonlari bilan hamkorlikda madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida buyuk bobokalonimizga bo‘lgan hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, uning boy adabiy va ma’naviy merosini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida Alisher Navoiyning hayoti va ijod yo‘li, davlat arbobi sifatidagi faoliyati hamda turkiy adabiyot rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, shoirning g‘azallari va hikmatli baytlari ifodali o‘qilib, sahna ko‘rinishlari, adabiy chiqishlar va mushoira kechasi tadbirga alohida fayz bag‘ishladi. Tadbir ishtirokchilari Navoiy ijodining bugungi kun yoshlari tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.