Umumiy

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida buyuk mutafakkir va so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan badiiy g‘azalxonlik kechasi tashkil etildi.

10 Feb, 2026 18 ko'rildi

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida buyuk mutafakkir va so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan badiiy g‘azalxonlik kechasi tashkil etildi.


Tadbir davomida 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kitobxonlari ishtirokida Alisher Navoiyning dilbar she’r va g‘azallari ifodali tarzda o‘qilib, tinglovchilarga unutilmas ma’naviy lahzalar ulashildi. Ishtirokchilar buyuk adib ijodining mazmun-mohiyati, uning insonparvarlik, muhabbat, adolat va ezgulikni ulug‘lovchi g‘oyalari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Mazkur adabiy kecha yosh avlod qalbida buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat va qiziqishni yanada kuchaytirish, milliy adabiyotimizning bebaho durdonalarini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.