Umumiy
86-maktab o'quvchilari kutubxona bo'ylab sayohat uyushtirildi
09 Feb, 2026
65 ko'rildi
“Kitob o‘qigan inson-fikrli inson”
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida sayohat
86-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o‘quvchilari uchun kutubxona bo‘ylab sayohat uyushtirildi.Sayohat davomida mamlakatimizda kitob o'qish madaniyatini keng targ'ib qilish, aholi orasida kitobga qiziqishni kuchaytirish asosiy maqsad qilib qo'yilganligi tushuntirib berildi.
Ekskursiya davomida o‘quvchilar:
kutubxonada mavjud adabiyotlar,
Axborot-kutubxona markazining faoliyati,vazifalari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Kitoblar bilan yaqin tanishuv, bilimga bo‘lgan qiziqish va mutolaa madaniyatini oshirishga xizmat qilgan ushbu ekskursiya o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Kitob — bilim kaliti, kutubxona esa ma’rifat maskani!