Umumiy

Shoir, dramaturg va pedagog Rafiq Mo’min (Mo’minov Rafiq) tavalludining 126 yilligi

09 Feb, 2026 19 ko'rildi

Shoir, dramaturg va pedagog Rafiq Mo’min (Mo’minov Rafiq) tavalludining 126 yilligi

munosabati bilan Urgut tuman axborot-kutubxona markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda adibning boy ijodiy merosi, o‘zbek adabiyoti va dramaturgiyasi rivojiga qo‘shgan munosib hissasi haqida atroflicha so‘z yuritildi. Ishtirokchilar Rafiq Mo’minning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ma’ruzalar, kitoblar ko‘rgazmasi hamda ijodidan namunalar bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu tadbir yosh avlod qalbida adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, milliy ma’naviyatimizni yanada yuksaltirishga xizmat qildi.