Umumiy

Togʻay Murodning tavallud kuniga bagʻishlab kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi

03 Feb, 2026 13 ko'rildi

ADABIYOTGA EHTIROM — IJODKORGA EʼZOZ 
Urgut tuman Axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandasi, so‘z sanʼatining betakror ijodkori Togʻay Murodning tavallud kuniga bagʻishlab kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Koʻrgazmada adibning:
mashhur roman va qissalari,
hikoyalar toʻplamlari,
hayoti va ijodiga oid adabiyotlar jamlandi.
  Ushbu koʻrgazma orqali kitobxonlar yozuvchining teran fikrlari, milliy ruh va insoniy tuygʻular bilan yoʻgʻrilgan asarlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻldilar.
Kitob — maʼnaviyat chirogʻi, adib — qalblar yoʻlboshchisi!

M. Safoyeva