"Kitobsevarlar klubi" targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Ketobsevarlar klubi faoliyati
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida navbatdagi "Kitobsevarlar klubi" targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.Targ‘ibot Uzun MFYdagi 58-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi kitobxoni Raximberdiyeva Ruxshona tomonidan tashkil etildi. Targ‘ibotda fransuz yozuvchisi ALEKSANDR DYUMA qalamiga mansub "GRAF MONTE-KRISTO" kitobi, To'lqin Rustamov tomonidan "If qal'asining mahbusi" nomi ostida tarjima qilingan kitob targ‘iboti bo‘lib o‘tdi.Asarning asosiy qahramoni Edmon Dantes bo'lsa ham, ikkinchi darajali Abbat Faria, Vilfor, Alber, Danglar kabi qahramonlarning tabiati va suhbatidan bilib olasiz deya so‘z boshladi kitobxon. Asarda faqat Edmon Dantesning dushmanlaridan o'ch olish g'oyasi emas, balki dunyodan ezgulikni axtarishi ham namoyon bo'ladi.Tadbir davomida kitobxonlar o‘zaro fikr almashish orqali ushbu kitobni o‘qishga tavsiya qildi