KITOBXON ONA VA BOLA - 31.01.2026
Xalq og‘zaki ijodi asosida yaratilgan “Kuntug‘mish” asari kitobxon qalbida chuqur taassurot qoldiradigan, ezgulik, jasorat va insoniy fazilatlarni tarannum etuvchi bebaho durdonalardan biridir. Ushbu asarni mutolaa qilgan Rahmatobod MFYda yashovchi “Kitobxon ona va bola” tadbiri ishtirokchisi, 62-maktab 10-sinf o‘quvchisi Saidmurodova Dilnura asarda ifodalangan g‘oyalar, obrazlar va xalqona ruhni chuqur anglab, o‘z fikr-mulohazalari bilan fayz bag‘ishladi. Onasi Xolbekova Rohila opa farzandiga bolalikdan kitob o‘qishga bo‘lgan muhabbatni singdirib, xalq og‘zaki ijodi namunalarini birgalikda mutolaa qilish orqali Dilnuraning dunyoqarashi va tafakkurini boyitib kelmoqda. Ona va bola o‘rtasidagi bunday ma’naviy rishta tadbir ishtirokchilariga ham o‘rnak bo‘ldi.
Mazkur tadbir yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, kitobxonlik madaniyatini oshirish va oilada mutolaa an’analarini mustahkamlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.