“Kitobsevarlar” klubi a’zolari ishtirokida kitob targ‘ibotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Urgut tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Kitobsevarlar” klubi a’zolari ishtirokida kitob targ‘ibotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida hafta davomida axborot-kutubxona markazining Telegram kanalida joylangan buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asari yuzasidan qizg‘in muhokama bo‘lib o‘tdi.
Muhokama jarayonida ishtirokchilar asarda ilgari surilgan g‘oyalar, adolatli jamiyat, komil inson tarbiyasi va ma’naviy yetuklik masalalari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbirga tashrif buyurgan kitobxonlar uchun tayyorlangan taqdimot mazmunan boy, qiziqarli va esda qolarli bo‘lib, yoshlarni mutolaaga yanada kengroq jalb etishga xizmat qildi. Ushbu kitob targ‘iboti kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.