Islom Karimov tavalludiga bag'ishlab ma’naviy-ma’rifiy ruhda davra suhbati tashkil etildi.
Islom Karimov — millat taqdiri uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan, Vatan mustaqilligi va xalq farovonligini hayotining bosh maqsadi qilgan buyuk siymodir. Uning qat’iy irodasi, chuqur tafakkuri va xalqiga bo‘lgan cheksiz muhabbati mustaqil O‘zbekiston davlatining poydevorini yaratdi.
Ana shu ulug‘ zot xotirasini yod etish, yosh avlod qalbida vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida Urgut tuman axborot-kutubxona markazida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ruhda davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida Islom Karimovning hayoti va davlatimiz taraqqiyoti yo‘lidagi beqiyos xizmatlari, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan islohotlar xususida chuqur va samimiy fikrlar bildirildi.
Bu davra suhbati ishtirokchilar qalbida buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lish, yurt ravnaqi uchun sidqidildan xizmat qilish tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi.