Umumiy
ILMLI ONA FARZANDI, KELAJAKNI YARATADI - 17.11.2025
10 Nov, 2025
18 ko'rildi
E‘LON
Assalomu alaykum hurmatli Urgutliklar!
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida
2025 -yilning 17.11 kuni soat 14:00 da "ILMLI ONA FARZANDI, KELAJAKNI YARATADI" deb nomlangan shior asosida "Kitobxon onalar" kuni bo'lib o'tadi.
Ushbu tadbirni tashkil etishdan maqsad ayol-qizlarimizni, bo‘lajak onalarimizni mutolaaga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish. Kelajak avlodni bilimli, ilmli bo'lishiga hissa qo'shish.Tadbir o‘tkazilganga qadar kitobxonlar Abu Nasr Forobiyning "Fozil odamlar shahri" kitobini o'qib tugatishlari kerak bo'ladi va bu kitob bo'yicha savol-javoblar bo'lib o'tadi.
Tadbirda tumanimizdagi barcha kitobxon oilalarni va ularning farzandlari ishtirok etishadi.