Sharof Rashidov tavalludining 108 yilligiga bagʻishlab
SamDU Urgut filiali Axborot-resurs markazi hamda Urgut tuman Axborot-kutubxona markazi hamkorligida atoqli davlat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 108 yilligi munosabati bilan “Sharof Rashidov – o‘zbek xalqining asl farzandi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda filial Axborot-resurs markazi mudirasi Sarvar Igamurodova hamda tuman Axborot-kutubxona markazi direktori Zamira Murtazayeva ishtirok etib, Sharof Rashidovning hayoti, ijodiy merosi va mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar.
Shuningdek, tadbir davomida Sharof Rashidov qalamiga mansub asarlardan parchalar o‘qildi, talaba-yoshlar tomonidan yozuvchining hayot yo‘lini aks ettiruvchi chiqishlar ham namoyish etildi. Mazkur ma’naviy uchrashuv ishtirokchilarda buyuk siymolarning hayoti va faoliyatidan ibrat olish, milliy qadriyatlarga sadoqat ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.