Siyosiy qatagʼon qurbonlari nomli davra suhbati
Siyosiy qatag‘on qurbonlari haftaligi
Oktabr oyining birinchi haftasi Siyosiy qatag‘on qurbonlari haftaligi etib belgilangan. Shu munosabat bilan Urgut tumani Axborot-kutubxona markazida jadid ziyolilar hayoti va ularning ilmiy-ma’naviy merosiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon, Munavvarqori va boshqa jadid allomalarning Vatan va millat ravnaqi yo‘lidagi faoliyati, xalqni ilm-ma’rifatga chorlab, erkin jamiyat barpo etish yo‘lidagi xizmatlari yodga olindi.
Ishtirokchilar jadidlarning ta’lim, adabiyot, matbuot va madaniyat sohalaridagi merosi bugun ham dolzarb ekanini, ularning orzu-intilishlari mustaqil O‘zbekiston taraqqiyoti va milliy uyg‘onish davriga poydevor bo‘lganini ta’kidladilar.
Suhbatda qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, yoshlarni milliy o‘zlik va ma’rifatparvarlik ruhida tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifasi ekanligi qayd etildi.