Umumiy
Rauf Parfi tavalludiga bagʻishlab kutubxona markazida tadbir boʻlib oʻtdi
02 Oct, 2025
22 ko'rildi
Rauf Parfi tavalludiga bagʻishlab kutubxona markazida tadbir boʻlib oʻtdi
Buyuk shoir Rauf Parfi 1943-yil 27-sentabrda tavallud topgan bo‘lib, o‘zining sermahsul ijodi bilan xalq qalbidan chuqur o‘rin olgan. Uning she’rlari, falsafiy qarashlari va adabiy merosi bugungi kunda ham kitobxonlarni hayajonga solmoqda.
Shoir 2005-yil 28-martda olamdan o‘tgan bo‘lsa-da, ijodi va nomi abadiyatga daxldor bo‘lib qoldi.
Tadbir davomida shoirning hayoti va ijodi haqida so‘z yuritildi, she’rlari o‘qildi va kitobxonlar tomonidan xotira daqiqalari o‘tkazildi.
Rauf Parfi ijodi — milliy adabiyotimiz xazinasida oltin sahifa!