Urgut tuman axborot-kutubxona markazida Zulfiya Mo‘minovaning tavallud kuni nishonlandi
Tavallud kun
Zulfiya Mardanovna Mo‘minova
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida Zulfiya Mo‘minovaning tavallud kuni nishonlandi.
Mo‘minova Zulfiya 1959 yilda Samarqand viloyatining Narpay tumanida tug‘ilgan.1966 -1976 yillarda o‘rta maktabda, so'ng pedagogika kollejida , shundan so‘ng Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitetni tamomlagan.1980 yillarda adabiyotiga kirib kelgan. “Vatan tashlab ketmaydi”, “Beshiklarni asragin dunyo”, “Yonayotgan ayol” , “Istiqlol oltin gulim” , “Samoga sochilgan yulduzlar”, “Qudratli yurtimga”, “Nikoh shartnomasi” , “Birinchi o‘qituvchim”, “Ayolga baxt bering” , “Bir kun dars qoldirgan bir umr pushaymondir” kitoblar muallifi.“Saodat” jurnalida, “Sport” gazetasida bo‘lim boshlig‘i, Sergeli tumani hokimiyatida, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasida mas’ul lavozimlarda ishlab kelgan.2007 yildan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Ta’lim muammolari” jurnali bosh muharriri lavozimida ishlagan.“Do‘stlik” ordeni, “Mustaqillikning 10 yilligi va 20 yilligi” nishonlari sohibasi.