15-may - Xalqaro Oila kuni
#Bugun
15-may — Xalqaro oila kuni
👨👨👧👧Oila jamiyatimizning boshlangʼich boʼgʼini, elimizning goʼzal urf-odatlari va qadriyatlarini oʼzida asrovchi muqaddas moʼjaz maskan. Ezguliklar oiladan boshlanadi, undan mahallaga koʼchadi, jamiyatga kirib boradi.
👫15-may — jahon miqyosida Xalqaro oilalar kuni (International Day of Families) nishonlanadi. Ushbu bayram BMT Bosh Аssambleyasi tomonidan 1993-yil 20-sentyabrdagi Xalqaro oila yili toʼgʼrisidagi rezolyutsiyaga muvofiq 1994-yilning 15-mayidan buyon muntazam ravishda nishonlanib kelinadi.
🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoniga binoan «Oila muqaddas» degan ezgu gʼoyani targʼib qilish, xotin-qizlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash va oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilashga koʼmaklashish maqsadida 15-may — Xalqaro oila kunini keng nishonlashni tashkil etish va oʼtkazish belgilangan.