Umumiy
"Kitobxonlik haftaligi" doirasida seminar
22 Apr, 2025
24 ko'rildi
“Kitobxonlik haftaligi” doirasida seminar
“O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida mamlakat bo‘ylab keng nishonlanayotgan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda maktab kutubxonachilari ishtirokida “Kutubxonachilar ishini rivojlantirib ,kitobxonlikni ko'paytiraylik"” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar jarayonida kutubxonachilik sohasidagi yangiliklar, yosh avlodda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish borasidagi ilg‘or tajribalar hamda kutubxonalarning bugungi ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi va metodik yordam ko'rsatildi.