"Kitobxonlik haftaligi" tantanali ravishda boshlandi!
Urgut tumanida “Kitobxonlik haftaligi” tantanali tarzda boshlandi!
Bugun Urgut tuman Axborot-kutubxona markazida
“O‘zbekiston – kitobxonlar yurti”
shiori ostida Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
š Tadbirda tuman hokimligi, Maktabgacha va maktab ta'limi tashkiloti, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a‘zolari,
tumanimizdan yetishib chiqqan ijodkorlar ,Yoshlar ishlari agentligi va qator davlat tashkilotlari ishtirokida ochilish marosimi bo'lib o'tdi .
š Haftalikning ochilish marosimida kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi she‘riy kompozitsiyalari,turli sahna ko‘rinishlari bilan qatnashgan 123-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi hamda " Elita" akademik maktabi kitobxonlarining chiqishlari barchaga katta taassurot qoldirdi.