Umumiy
9-aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun
09 Apr, 2025
19 ko'rildi
Bugun 9-aprel — Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun!
Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz)ning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan.