Umumiy

Imom Abu Mansur Moturudiy

03 Apr, 2025 26 ko'rildi

Imom_Abu_Mansur_ Muhammad_ ibn Muhammad ibn Mahmud_ Moturudiy 

Imom Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Moturudiy – imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturudiylik oqimi asoschisi. Samarqandda tugʻilib, oʻsib, taʼlim olib, ijod qilib, shu yerning oʻzida hijriy 333-yilda vafot etgan.

Moturud- Samarqanddagi qishloqlardan birining nomi boʻlib, Arabcha „ما طرود“ yaʼni „nima deysan“ soʻzidan olingan. Shayx Abu Mansur kalom ilmiga ruju qilgan paytlarida shogirdlari koʻpayib ketgan va ular oʻzaro bahs qilganlarida bir-birlariga arab tilida koʻpincha „Mo turid?“ deb murojaat qilganlar. Shu soʻz koʻpchilik qulogʻiga tez-tez chalinavergach, Shayx shogirdlarini moturidiylar, qishloq nomini esa Moturid deb atay boshlaganlar (Zarnujiy. „Taʼlim al-mutaʼallim“ sharhi).